Dolzarb mavzular va ularga sharhlar

So‘z insonni tarbiyalash, uni kamolotga yetkazish jarayonida oqilona foydalanish mumkin bo‘lgan eng yaxshi vosita. O‘zbek milliy adabiyotida didaktik ruhda yaratilgan asarlar rivoji ham fkrimizning yorqin dalilidir.

So‘z orqali inson ruhiga qanot, ijodiga fayz bag‘ishlash mumkin. Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, bizni «hayvondin judo aylagan guhari sharif» bilan bizning ruhimiz sayqal topadi, ijodimiz kamolotga erishadi. So‘z va uning inson ruhiyatiga bo‘lgan ta’sirini yoritishda Yevropa xalqlari hayotida afsonaga aylangan bir voqeani keltirishni o‘rinli deb bildik. Volfgang Amadeus Motsart musiqa dunyosiga juda erta qadam qo‘ygan, tug‘ma iste’dod sohibi edi. Hali o‘spirinlik paytidayoq Yevropa mamlakatlari bo‘ylab o‘tkazilgan sayyor konsertlari uni favqulodda mashhur insonga aylantirgan. Aksar konsert so‘ngida Motsart odamlar tomonidan qurshab olinar, hamma uning mo‘jizakor qo‘llarini ushlab ko‘rishga intilardi. Frankfurt- Maynda o‘tkazilgan navbatdagi konsertdan so‘ng ham olomon uni har tomondan qurshab oldi. Shu onda Motsartning qarshisida taxminan u bilan tengdosh bir bola paydo bo‘ldi. – Sen buni qanday uddalaysan, qanday chalasan? – bolaning ovozidan, hayrat to‘la nigohidan undagi hayajonni ilg‘ash qiyin emas edi. – Shunchaki, o‘tirasan va chalaverasan, – javob qaytardi bo‘lajak kompozitor. – Men bilan hech qachon unday bo‘lmagan, chalolmayman, – davom etdi muxlis. – Unda sen she’r yoz, bu ham yaxshi ish, – shoshilinch javob berdi Motsart. Bu uchrashuvdan so‘ng yosh Ioganning hayotida tub burilish yuz berdi va endi u har kuni she’r mashq qiladigan bo‘ldi. Yillar o‘tib, ushbu Iogan Yevropa adabiyotida tub burilish davrini boshlab bergan shaxs – Iogan Gyotega aylandi. Motsartning qarshisida unga cheksiz havas va hayrat blan tikilib turgan o‘spirin Iogan Gyote edi. Uzoq yillik musiqa mashg‘ulotlarida omadsizlikka uchragan bu bola tengdoshi bilan uchrashganda, juda tushkun kayfyatda edi. Motsartning so‘zlari unda o‘zi ham payqamagan iste’dodining ko‘z ochishiga sabab bo‘ldi. Bu voqeadan shunday xulosa chiqarish mumkinki, bizga ahamiyatsizdek tuyulgan birgina so‘zimiz yoki maslahatimiz kimningdir hayotida tub burilish yasashi, uning kamolotiga yoki zavoliga xizmat qilishi mumkin.

Donoxon YO‘LDOSHEVA,
poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi
34­umumta’lim maktabi o‘qituvchisi

 

 

Ko'rish
USTOZ BERG...
Aziz bolajonlar! Yozgi ta’til nihoyalab borgani sari ustozlaringiz-u qadrdon bilim maskaningizni juda-juda sog‘inganingizni his etib turibmiz. Bilsangiz, men ham maktabdagi mehribon ustozl...
Ko'rish
SHOV-SHUVG...
O‘zbekistonda yagona bo‘lgan Samarqand shahridagi 64-sonli alohida saqlash sharoitlari, tarbiya va ta’limga muhtoj o‘g‘il bolalar uchun ixtisoslashtirilg...
Ko'rish
UMRIBOQIY...
«Bir daqiqa vaqtni behuda o‘tkazganim – halok bo‘lganim», degan ekan buyuk alloma. Gap kim haqida borayotganini anglagan bo‘lsangiz, ajab emas. Beruniyning dengi...
Sharh qoldirish
  1. Pick the yellow peach that looks like a sunset with its red, orange, and pink coat skin, peel it off with your teeth. Sink them into unripened...

    1. Pick the yellow peach that looks like a sunset with its red, orange, and pink coat skin, peel it off with your teeth. Sink them into unripened...

  2. Pick the yellow peach that looks like a sunset with its red, orange, and pink coat skin, peel it off with your teeth. Sink them into unripened...