Dolzarb mavzular va ularga sharhlar

«Bir daqiqa vaqtni behuda o‘tkazganim – halok bo‘lganim», degan ekan buyuk alloma. Gap kim haqida borayotganini anglagan bo‘lsangiz, ajab emas.

Beruniyning dengizlar haqidagi nazariyasi hozirgi arab geografk adabiyotiga asos qilib olingan. U Xitoy va Tibet tog‘lariga tutash o‘lkalarni o‘zidan oldin yashab o‘tgan olimlarga nisbatan aniq va to‘liq tasvirlagan. Beruniy Osiyo va Afrika qit’alari orasida bir vaqtlar bo‘g‘oz bo‘lgan va Yer sharining janubiy tomonlari quruqlik bo‘lgan, deb taxmin qilgan. Beruniy Ptolomey fkriga qarama-qarshi Atlantika va Hind okeanlarining janub tomoni bir-biriga tutashganligini isbotlab bergan. Abu Rayhon Beruniy bobomiz ilm-fan ravnaqiga beqiyos ulkan hissa qo‘shgan qomusiy olimdir. Jumladan, geodeziya, geologiya, tarix fanlari bilan bir qatorda geografya fanini rivojlantirish borasida ham ko‘pgina ishlarni amalga oshirgan. Tasviriy geografya sohasida geografk adabiyotlarda mavjud ma’lumotlarni umumlashtirib, zamondoshlari, sayyohlar, savdogarlar to‘plagan ma’lumotlar bilan boyitgan. Abu Rayhon Beruniy Boltiq va Oq dengiz haqida, o‘sha vaqtlarda ma’lum bo‘lmagan shimoliy o‘lkalar haqida qiziqarli ma’lumotlar to‘plagan. Buyuk olim matematik geografyani rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shdi. Bu sohada uning 1025-yilda yozilgan «Geodeziya» asari nihoyatda qimmatlidir. U geometriya va trigonometriyani qo‘llab, joylarning geografk joylashishini topgan. Turli geografk punktlarning geografk kengligi va uzoqligini aniqlashda Beruniy topgan natijalar hatto hozirgi zamon olimlarini ham hayratda qoldirmoqda. Insonning hayoti qancha yashagani bilan emas, qanday yashagani bilan o‘lchanadi. Shunday ekan, Beruniy bobomizdan qolgan boy ilmiy meros uning umriboqiyligini anglatadi.

Zulfzar RASHIDOVA,
Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanidagi
6-umumta’lim maktabining geografya fani
o‘qituvchisi