Dolzarb mavzular va ularga sharhlar

Bugun yangilanib, yosharib borayotgan yurtimizda yangrayotgan yoshlarimizning quvnoq ovozidan kelajakka bo‘lgan tengsiz ishonch borligini anglaymiz. Davlatimiz rahbari «Yangi O‘zbekiston» gazetasi Bosh muharriri savollariga bergan javobida «Men uchun eng muhim mezon bu yoshlarimizning baxti, kamolidir» deydi.

So‘nggi yillarda yoshlarimizga davlatimiz tomonidan ko‘rsatila­yotgan tengsiz e’tibor zamirida kelajagimiz vorislariga bo‘lgan cheksiz ishonch o‘z hosilini berayotgani sir emas. Istiqlol davrida tug‘ilib o‘sgan yoshlarimiz bugun jahon maydonlarida emin-erkin dunyo ahli bilan turli sohada yuzma-yuz bellashib, hech kimdan kam emasligini namoyon etmoq­da. Shuni ishonch bilan aytish joizki, bobolarimizning «Yoshlikda o‘rganilgan ilm toshga o‘yilgan naqsh kabidir» maqoli yurtimizda o‘z ifodasini topmoq­da. Joylarda tashkil etilgan bir qancha ijod maktablarida tahsil olayotgan farzandlarimizning yangicha dunyoqarashi bunga misoldir.
Aziz o‘quvchi! Sizning beg‘ubor olamingiz, baxtli damlaringizga havasimiz keladi. Siz chin ma’noda ozod va obod mamlakatning baxtiyor bolalarisiz. Bizning bolaligimiz sizning quvnoq damlaringiz oldida ancha rangsizdir. Suyagi paxta maydonlarida qotgan, ilmdan yiroq bolalarning xayolida faqat og‘ir mehnat jonlangan edi... Sobiq tuzum paxta maydonlarini o‘quvchilarsiz sira tasavvur qilolmasdi... Eh, u kunlarni eslaganda, yuragimiz jimirlaydi...
Siz uchun berilayotgan tengsiz imkoniyatlar eshigini keng ochib, borliqqa o‘zgacha nigoh bilan boqishga oshiqishingizni tilaymiz!
 

AXTAMQULI