Dolzarb mavzular va ularga sharhlar

Maktabimizda «Yangi O‘zbe­kistonni qurish maktab ostonasidan boshlanadi» mavzusida kechgan tadbirda bolalar shoiri Dilshod Rajab ibratli va mantiqiy fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Maktabning ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchisi Negmurod Guliyev o‘quvchilarni doimiy kitob o‘qishga, she’r va hikoyalar yozishga qiziqadigan bolalar uchun ijod zavqi haqida so‘zlab berdi. 7-«A» sinf o‘quvchisi Rayhona, 6-«A» sinf o‘quvchilaridan Muhammaddiyor va Behruz, 4-«A» sinf o‘quvchisi Gulnoraning ijodiy ishlari to‘garak mashg‘ulotlarida sayqallanib kela­yotganini ta’kidladi. 
Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Yoqutxon Sobirova boshchiligida kechgan tadbirda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari shoir Zikrilla Ne’mat she’rlaridan yod olishdi. Ayniqsa, shoirning «Vatan uchun» she’riga bastalangan qo‘shiq barchaga manzur bo‘ldi. 
Tadbir yakunida bolalar shoirlari bolajonlarga kitob sovg‘a qildilar.

Dildora UMIROVA,
poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 42-A tarmoq maktabining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari