– Matematika olamiga kirib kelishimga ustozim Durdona opa Sharipova va Rahmatilla aka Karimov sababchi bo‘lishgan. 6-­sinfda o‘qiyotganimda,
«Al-­Xorazmiy izdoshlarimiz» musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etganimda, bu fanni chuqur o‘rgana olishimga ishondim. Matematikadan har yili xalqaro olimpiada ham bo‘lishini bilganimda esa oldimga katta maqsad qo‘ydim. Bundan oldin musiqa bo‘yicha ham Sochida bo‘lib o‘tgan «Chernomorskiy Olimp» festivalida, Italiyada o‘tkazilgan «Hello, Italu!» tanlovlarida g‘olib bo‘lgan edim. Lekin sevgan fanim bo‘yicha xorijlik tengdoshlarim bilan bellashish ishtiyoqi meni izlanishga, tinmay mehnat qilishga chorladi. Hatto ustozim bilan Buxoroning Qorako‘lidagi o‘sha chempionlar maktabiga
borishni ham rejalagandik. Keyin bilsak, o‘sha maktabning sobiq o‘quvchisi, mazkur musobaqada ilk bor g‘oliblikka erishgan Umid aka Rahmonov poytaxtdagi o‘quv dargoh-laridan birida dars berar ekan. Shunday qilib, men ustozlar ko‘magida puxta hozirlik ko‘ra boshladim. O‘sha kun nasib qilib Bolgariyada bo‘lganimda esa juda baxtiyor edim. Jamoamizga boshchilik qilgan Shuhrat aka Ismoilov matematikaga oid o‘qigan kitob-larimning muallif ekanliklariga ishongim kelmasdi. Ayniqsa, Burgas shahrida O‘zbekis-tonda ishlab chiqarilgan milliy mashinalarimizni ko‘rganimda, yurtimiz bayrog‘i ko‘tarilganida bolgariyalik tengdoshlarimning olqishlarini eshitganimda, rosa hayajon-landim. Yurtimizga qaytganimda esa bizga shart­sharoitlar yaratayotgan Yurtboshim,
ota ­onam va ustozlarimga barchasi uchun katta rahmat aytdim.
Shuningdek, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi 1-­DIUMning 7-­sinf o‘quvchisi Lazizbek Rajabboyev va Peshko‘ tumanidagi 18­umumta’lim maktabining 9-­sinf o‘quvchisi Jahongir Norboyevlar kumush medal sohibi bo‘lishdi. Termiz shahridagi 4-­ixtisoslashtirilgan maktab­internatining 7-­sinf o‘quvchisi Iskandar Bo‘riyevga bronza medali nasib etdi.

Aziz o‘quvchim! Shunday iqtidorli va intiluvchan tengdoshlaringizning taassurotlari, katta orzu va maqsadlari sizni ham ruhlantirib
yuborgan bo‘lsa, ajab emas. Zero, ular haqida yozishdan maqsadimiz ham, niyatimiz ham shu.
Sayyora QODIROVA