Yashab turgan zamonimizda har qanday zamonaviy kishi o‘zining kunini mobil telefoninisiz tasavvur eta olmaydi. Bu qurilma nafaqat ota-ona va yaqinlar bilan aloqa o‘rnatish vositasi hisoblanadi, balki uning yordamida butunjahon o‘rgimchak to‘riga kirish, audioyozuvlarni eshitish va suratga olish mumkin. Biroq uning inson salomatligiga qanchalik zarari bor-yo‘qligi haqida sira o‘ylab ko‘rmaymiz yoki bu haqda kam bosh qotiramiz. Uzoq olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mobil telefonlari hosil qiladigan elektromagnit maydoni inson tanasidagi turli a'zolar ishlash tizimiga salbiy ta'sir o‘tkazar ekan. U hatto davolash murakkab bo‘lgan ichki a'zolar kasallanishiga ham olib kelarkan