Sinfimizda boshlang‘ich ta’lim oyligi hamda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligini mazmunli tashkil etish maqsadida tajribali ustozlar ko‘magida rejalar tuzib olindi. Turli mavzularda ochiq darslar bo‘lib o‘tdi.

3-«D» sinfida o‘tkazilgan matematika kechasi barcha o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Savol-javob­lar, boshqotirma, turli mantiqiy topshiriqlarni Marjona Ergasheva, Hasan Abdurahimov, Dilnura Abdusattorova, Mushtariy Sa’dullayeva, Sofiya Jahongirova kabi o‘quvchilar birinchilardan bo‘lib bajarishdi. Sport to‘garaklariga muntazam qatnab kelayotgan o‘quvchilarim Saidakbar Asqarov, Zubayr Hotamov, Abdulloh Nishonboyevning futbol, karate sport turi bo‘yicha yutuqlari faxrlanarli. Boshlang‘ich ta’lim fan oyligi doirasida o‘tkazilgan sport musobaqasida ushbu o‘quvchilarim o‘z chiqishlari orqali mahoratlarini namoyish etib, barcha­ni qoyil qoldirishdi. Shuningdek, sinfimdagi 38 nafar o‘quvchimning barchasi sport mashqlarini bajarishda juda ahil va chaqqon bo‘lishdi.

Dilnoza XOLDOROVA, 
Toshkent tumanidagi 9-IDUMning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi