
Sinf rahbarim Sevara Jo‘rayeva juda talabchan, jonkuyar ustoz. Ularning sa’y-harakati tufayli yaqinda men Yoshlar ittifoqi tuman sardori etib saylandim. Vakolatimdan kelib chiqib, kunora 9 ta sardorning ish faoliyatini nazorat qilib boraman.
Kuni kecha poytaxtimizning Mirobod tuman Yoshlar ittifoqi mahalliy Kengashida o‘quvseminari bo‘lib o‘tdi. Tadbirga shahrimizning barcha sardorlar Kengashi a’zolari tashrif buyurib, tuman maktablaridagi sardorlar faoliyatini o‘rganishdi. Biz sardorlar bundan keyin ham maktablarda bo‘ladigan bayramlarda faol qatnashishga hamda ma’naviy-ma’rify tadbirlarning qizg‘in o‘tishiga o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qilamiz.
Ruxshona JALILOVA, poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 214-umumta’lim maktabining 6-«A» sinf o‘quvchisi