O‘zbekiston Qahramoni, xalqimizning sevimli adibi Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan «Tong yulduzi» gazetasi

«Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada,

Bu nihol nomini Yaxshilik ata»

ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga taqdim etiladigan nasr (maqola, esse, ocherk, hikoya) va video­rolik

(1 daqiqalik) yo‘nalishidagi ijodiy ishlarga qo‘shib, «Tong yulduzi» gazetasiga obuna bo‘lganlik haqidagi kvitansiya nusxasini ham birga yuborishi shart.

Ijodiy ishlar joriy yilning 25-dekab­riga qadar qabul qilinadi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘a va diplom bilan taqdirlanadi!

Tanlov ishtirokchilari ijodiy ishlarni quyidagi manzilga yuborishlari mumkin: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy, «Tong yulduzi» gazetasi tahririyati.

tongyulduzi1929@gmail.uz – elektron pochtasi; 94-645-90-70 – telegram raqami.

Eslatib o‘tamiz: ijodiy ishlarni «Yurtdoshim, bog‘ingga bir nihol qada, Bu nihol nomini Yaxshilik ata» tanloviga deb yozishni hamda siz bilan bog‘lanish uchun telefon raqamingizni qoldirishni unutmang!