O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko‘rgazmalar zalida rassom Abdunosir Malikovning “Ganchdagi mo‘jiza” nomli ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Rassom 1960 yili Toshkent shahrida otasi Abdug‘afur Malikov (1932-1977) hunarmand, naqqosh oilasida tug‘ilgan. Maktabda o‘quvchilik yillarida ganchkorlik to‘garagida qatnashgan. Maktabdan so‘ng O‘zbekiston xalq rassomi Mahmud usta O‘smonov shogirdi bo‘lgan. O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi. Ijodiy faoliyatida 2000 yilda Malayziyada madrasani bezash ishlarida bevosita ishtirok etib, ijodiy o‘sdi. Xalqaro va Respublika tadbirlarida sohasi bo‘yicha qatnashgan. 2005 yilda oila a’zolarining naqqoshlik, kashtado‘zlik va boshqa amaliy san’at turlari (yo‘nalishlari) bo‘yicha ishlari namoyish etildi.
Ekspozitsiyada rassomning “Gipsda ishlangan bug‘doy tasviri”, “Oq oltin”, “Mo‘jizaviy chiroq”, “o‘zbekiston gerbini ishlash jarayonidan lavha”, “Sharqona sayqal”, “Devor qandili”, “Badiiy ijodkorlar uyushmasida mahorat darsi jarayoni”, “O‘zbekiston gerbi”, “Ko‘rgazma jarayonidagi mahorat darsi 2021 yil” kabi 40 ga yaqin ijod namunalari o‘rin olgan.
Hasan ABDUNAZAROV,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi




