​Ichki ishlar organlarining yangi asoslarda tashkil etilganligining 35 yilligi hamda 25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent fotosuratlar uyida Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, fotorassom (fotograf) Abu Kenjayevning “Yangi Oʻzbekiston — yangi ichki ishlar organlari” nomli fotokoʻrgazmasi tashkil etildi.
​Fotokoʻrgazmada respublikamiz ichki ishlar organlari faoliyatining turli yoʻnalishlari boʻyicha huquq-tartibotni mustahkamlash borasidagi keng qamrovli ishlar fotosuratlarda oʻz aksini topgan. Xususan, kadrlar, ayniqsa, yoshlar tarbiyasi, qoʻriqlash xizmati, aholi osoyishtaligini saqlash uchun yaratilgan sharoitlar, tizimdagi insoniylik, fahriylarga eʼtibor, xotin-qizlarning organ ishlarida qatnashishi va yoʻl xizmati lavhali kadrlarda yoritilgan.

​Hasan Abdunazarov