Telefon jiringlaganda, nima deb javob berasiz? «Alyo» – bunday javob beruvchi kishi oliyjanob, ishbilarmon, hazilkash. Bu toifa kishilarning asab tizimi mustahkam. Ular sizga doim bir maromda, xotirjam javob qaytarishadi. «Allo» – bu so‘zni vazmin, ichimdagini top toifali kishilardan eshitishingiz mumkin. Ular bilan hovliqmasdan, ortiqcha gap-so‘zlarsiz gaplashishga harakat qiling.
«Eshitaman», deb javob beradigan kishilarni quruq mulozamatli, biroz befarq, deyish mumkin. Bu toifadagilar ko‘pincha davlat idoralarida ishlaydiganlar bo‘ladi. Yaxshisi, ularni ikki marta «eshitaman», deyishga majbur qilmang. Alohida hurmat bilan gaplashsangiz, iltimosingizni injiqliksiz qabul qiladi. «Ha!» (Da!) – javobi o‘z-o‘zidan ma’lum, fe’l-atvordagi barqarorlik, ishonuvchanlik shoshilmaslik, ba’zi hollarda ojizlikni anglatadi. U bilan ochiq, lekin muloyimlik, sabr bilan gaplashing. «Gapiring» – so‘zsiz qo‘pollik bu. Bu kishi o‘zi hurmat ko‘rsatmagan holda sizdan hurmat kutyapti. Siz ham unga shu ohangda gapiring. Faqat shundagina qo‘ng‘irog‘ingiz samara beradi.
O‘zDJTU talabasi Lobarxon Shokirova tayyorladi.




