Odam suyaklarining toʻrtdan bir foizi oyoq qismida.
Fil daqiqasiga 10-marta nafas oladi, sichqonlar esa 200-marta.
Har besh soniyada dunyoda 5nafar chaqaloq dunyoga keladi.
Qurbaqa umri davomida 3 tonna chivin yeb bitiradi.
Odam hayoti davomida 5 ta Yer ekvatoriga teng masofani bosib oʻtadi.
Ignaning koʻzichalik teshikdan sutkasiga 840 litr suv oqishi mumkin.
Inson yiliga 84 ming marotaba koʻzini ochib yumadi.
Bir qalam bilan 64.820 metr uzunlikda chiziq chizish yoki 50.000 ta soʻz yozish mumkin.
Shokolad insonni aqlliroq qilishini bilasizmi?
Doʻstlar bilan vaqt oʻtkazish immunitetni mustahkamlaydi.
Oʻnaqaylar chapaqaylarga qaraganda oʻrtacha 9 yil uzoq umr koʻradi.
Inson oʻz tushlarining 90% ni butunlay unutib yuboradi.
Insonlar — chalqancha yotadigan yagona mavjudotdir.
4 yoshli bola kuniga oʻrtacha 450 ta savol soʻraydi.
Insonlardan tashqari, koalalar ham unikal barmoq izlariga ega.
Nafas olish — tiriklik belgisi. Tirik inson — har soniyada nafas olib turishi shart. Nafas orqali kislorod yutamiz, soʻng unga uglerod atomini qoʻshib qayta ajratamiz. 1 ta uglerod atomiga birikkan 2 ta kislorod atomi — karbonat angidrid (O2). U — zararli!
Yashil oʻsimliklar oʻsha uglerod oksidini yutib, fotosintez jarayoni orqali bizga yana kislorodimizni qaytarib beradi... Bu jarayon bir necha ming yillardan beri shunday! Havoda kislorod atigi 20–21% (20.95%). Uning aksariyat qismi — azot 78–79% (78.09%).
Karbonat angidrid esa atigi 0.03%. Uning miqdori koʻp boʻlsa, nafasimiz qisib, natijada nafas yetishmovchiligidan nobud boʻlamiz.
Chiqarayotgan nafasimiz tarkibidagi karbonat angidrid havodagiga nisbatan 70–100-marta koʻp. Shuning uchun kichik hajmli idish (joy)dagi havodan qayta-qayta nafas olib tura olmaymiz.
Sherzod Yunusjonov,
OʻzDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari



