1/6

Poytaxtimizning Intercontinental Tashkent mehmonxonasida “Master-trenerlarni tayyorlash boʻyicha trening” ochilish va plenar qismi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Britaniya kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Fransiya elchixonasi, Norvich ta’limi instituti vakillari ishtirok etdi.

Mazkur master-trening zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodik yondashuvlar boʻyicha tajriba almashish, umumta’lim muassaslaridagi oʻquv jarayonlari samaradorligini oshirish kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.

16-17-sentyabr kunlari A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 12 ta yoʻnalishda sessiyalar davom etadi.