O‘ZINGIZGA ISHONING

O‘zbek adabiyotining zabardast vakili – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’ZAMning «Chiroqlar o‘chmagan kecha», «Otoyining tug‘ilgan yili», «Olam yam-yashil», «Javob», «Bayramdan boshqa kunlar», «Pakananing oshiq ko‘ngli», «Kechikayotgan odam» kabi qissa va hikoya to‘plamlari chop etilgan. Adibning asarlari asosida «Chantrimore», «Piyoda», «Pakana», «Dilxiroj», «Suv yoqalab» kabi badiiy filmlar ham siz o‘quvchilarga tanish. Iste’dodli ijodkor bu yil Davlatimiz rahbarining Farmoniga muvofiq, «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi. Ustoz yozuvchining bolaligi qanday o‘tgan? Keling, Erkin bobongizning xotiralarini birga tinglaymiz.

1/5
Abdulla Qahhor bilan uchrashuvda

GAPNI O‘ZIMDAN BOSHLASAM...

– Rahmatli bibim, «Asad oyida, ayni qovun pishig‘ida tug‘ilgansan», deb aytardilar. Onamning eslashicha, poda qaytar mahali dunyoga kelibman. Qarang, ilmda shuning ham ahamiyati bor – insonning fe’l-atvori taqdiriga ta’sir etar kan. Bu voqea 1950yil 10avgust kuni sodir bo‘lgan. Bolaligimdan so‘z ochsam, ochig‘i, «Oh, mening bolaligim», deb entikib eslamayman. Chunki bolaligimda tengdoshlarimga nisbatan «kayvoni» bo‘lganman. Ta’sirchan, qiziquvchan, tabiatan injiq bola, lekin kitobga oshno edim. Mehmonxonamizdagi taxmon to‘la kitob: unda «Xamsa»dan tortib, dunyo ning durdona kitob lari bisyor edi. Kitoblarni o‘qiyverib, kitobning bolasi bo‘lib qoldim. Tengdoshlarim ko‘chada o‘yin o‘ynaydi, gohida janjallashadi, gohida urishadi. Men esa uydan chiqmay, faqat kitob mutolaa qilaman. Boysunlik ufq nimaligini bilmaydi. Boysunlik tug‘iliboq tog‘ni ko‘radi, oftob cho‘qqilar osha chiqib, cho‘qqilar ortiga botadi – osmonni qizilga bo‘yaydigan shafaq-ku bor, lekin ufq qani? Bir hikoyamda yozganimdek, zamindoshlarimning o‘zgacha fe’l-atvorini shunga ham bog‘lasa bo‘lar. O‘zim ilk bor bobom bilan momomning pastak derazasidan qarab, ko‘zim tushgani – tog‘ edi. Tikilib o‘tiraverib-o‘tiraverib, charchab ketganman. Anovi toqqa tirmashib borayotgan qo‘y-echkilar galasi qachon tamom bo‘larkin? Keyin bildim: bola fahmim bilan qo‘y-echki, deb o‘ylaganim, aslida, archa, archazorlar ekan. Ulg‘aygach esa ko‘p zamon taajjubda yur ganman: odam ham tog‘siz, adirsiz, teptekis joylarda tug‘iladimi? Tug‘ilsa, u yerlarni Vatan atab bo‘ladimi? Vatan deganlari, mana, Boy sundek bo‘lishi kerak, qay tarafga qaramang, o‘rqir, balandlik, yuksaklik! Begonalar bilib qolmasin, deb, sekingina ichimda o‘ylayman: biz boysunliklar ana shu jonibdan ham andak o‘rrog‘u o‘jar, andak bodiroq emasmikinmiz?

Yuksakliklarga boqib o‘rgangan ko‘zga teptekis manzillar pisand emasda! Biz oilada 11 farzandmiz, men eng to‘ng‘ichiman. Boysunda 8-9 ta farzanddan tortib, 15 tagacha bolali oilalar ham bor edi. Bobomning katta bog‘ida yugurib o‘ynagan chog‘larim, bobom-bibim, amakilarim, yangalarimni eslayman. Biz bolalarning bitta orzusi bor edi – velosiped. Karavotda ukam bilan ro‘paramizdagi bostirmada uch oyoqli velosiped paydo bo‘lib qolsaydi, degan orzu bilan uxlab qolardik. Orzumiz amalga oshib, adashmasam, 7 yoshlarim chamasi, otam velosiped olib bergan. Menga «Tong yulduzi» gazetasining qanday bog‘liqlik joyi borligini aytsam. Biz bolalikdan shu gazetani o‘qib, katta bo‘lganmiz. Mening bir necha xabarlarim 1964–65yillarda avvalgi «Lenin uchquni»ning birinchi sahifasida chop etilgan. Endi o‘shandagi quvonchim olam-olam. O‘sha sondan ko‘plab nusxadan sotib olgan man. Yo‘qsa, satrlari jo‘ngina edi, bunday fikrlar menda qanday paydo bo‘ldi? Albatta, gazetani Ustoz yozuvchi Abdulla Qahhor bilan uchrashuvdan mutolaa qilishimdanda. Agar biror hikoyam o‘tmay qolsa, tahririyatdan menga xat kelardi.

«Aziz o‘quvchi, g‘oyaviy jihatdan bo‘shligi uchun ijodingiz chop etishga tavsiya qilinmadi. Ustingizda ishlab, yana ijod namunalaringizniyuboring.

Hurmat bilan, Talaboy Nosirov».

Kitobdagi shirin «yolg‘onlar» ga ishonganimdan Boysunning tog‘lari ko‘zimga yomon ko‘rinar edi. Bizning yoshimizda Yoqub jon Shukurovning «Qasos» asa ri, Turikovning «O‘tyurak bola» asarini men qatori do‘stlarim ham o‘qib tugatishgan edi. Otaonamiz hamisha «Kattalarga mo‘ljallangan kitobni o‘qima», deb tayinlashardi. Qolaversa, uyimiz kutubxonasida «Ming bir kecha» degan ko‘p jildli kitob ham bor edi. Buni ham o‘qish bizga ta qiqlangan. Men kitob qolmaga nidan, uni yashirib bo‘lsada, o‘qib chiqardim. Endi kitob axtarib, maktab, qishloq, tuman, shahar kutubxona lariga qatnab, qo‘ltiqlab, kitob olib kelardim. Maktabimiz kutubxona mudirasi Uldona opani oldiga doim kirganimdan, opa go‘yo onamdek bo‘lib qolgandi. Yana, shuningdek, «Kim ko‘p kitob o‘qiydi?», degan musobaqa ham bo‘lardi. Otamiz ham, «Yozgi ta’tilda shuncha kitobni o‘qiganga mana shu sovg‘ani olib beraman», derdilar. Ko‘p kitob o‘qigan bolani Harvard universitetini bitirib kelgan bolaga qiyoslardik. Go‘daklik chog‘im otam pedtexnikumni ta momlab, maktabda muallimlik qilar edi. Esimni tanigach, odamlar u kishiga «Domla, domla», deya murojaat qilardi. Bundan rosti, taajjubla nardim. Otam Toshkentda o‘qib, tumanimizda katta-kichik lavozimlarda xizmat qilgan va Boysunning boobro‘ kishilaridan edi. U kishi shaxsan bizni kitobga rag‘batlantirardi. Chunki o‘zlari o‘qimishli kishi edi-da. Agar kechki payt ham o‘qisam, «Hadeb o‘qiyverma, ko‘zing ko‘r bo‘lib qoladi», deb qo‘yardilar. Maktabda yaxshi ustozlar qo‘lida ta’lim oldim. O‘sha davrning muallimlari fikri biznikiga qaraganda boshqacharoq edi. Hozir o‘ylab qarasam, ustozlarimning adabiyot haqidagi fikrlari biroz erish tuyuladi. Lekin adabiyotga mehrlari boshqacha. Ayniqsa, Oybek domla desa, bir o‘qituvchimiz hayajondan titrab ketardi. «Qutlug‘ qon», «Navoiy romanlarini yozgan», deb ko‘zidan yosh chiqardi.

«O‘TKAN KUNLAR» SABAB MAKTABGA BORMADIM

Adabiyot ustozim kitobni yaxshi ko‘rishimni bilardi. – Erkinboy, men senga bir kitob beraman. Bunday kitobni hali ko‘rmagansan. Bilginki, hamma kitobing bir tomon bo‘lsa, bu kitob bir tomon bo‘ladi. U paytda kitobga hatto qalam tekkazish mumkin emas edi. Adabiyot ustozim esa menga, «O‘quvchim Erkinjonga», deb so‘z yozib, dastxat qo‘yib, to‘rtta kitob sovg‘a qilgan. Yana bir kitobga esa, «Erkinjonga beso‘z, Jabbor Esonov», deb yozganlari, esimda. Gazetaga o‘ralgan kitobni berayotib, «Bu kitobni hech kimga bermaysan, ko‘rsatmaysan», dedi. Uyga olib keldim. Ochib qarasam, Abdulla Qodiriy – «O‘tkan kunlar»! Abdulla Qodiriy oqlangan bo‘lsada, kitoblari ehtiyotkorlik bilan o‘qilardi. Tabiiyki, men uxlamasdan kitobni o‘qib chiqdim. Ertasiga darsga ham bormadim. O‘qib o‘tiribman, soat bir, shu payt oldimda bir odam turibdi. Qarasam, sinf rahbarim!

– Erkinboy, darsga bormaysizmi? O‘shanda shunday ustozimni yomon ko‘rib qoldim, ham bir tomondan qo‘rqyapman.

– Nimaga darsga bormading? – deb so‘ra ganida, nima deyishni bilmay, yig‘lab yubordim. – Qani kitobingni ko‘ray-chi.

– Bermayman, – dedim jon holatda kitobdan ajralishimdan qo‘rqib.

– Bersangchi, kitobingni yeb qo‘ymayman...

– Yo‘q, men bu kitobni hech kimga ko‘rsat maslikka so‘z berganman. Domlaning xayoliga boshqa gaplar ham kelgan bo‘lsa kerakda. Keyin kitobni oldida:

– Vuh, «O‘tkan kunlar», shunga shunchami? Qanchasini o‘qiding?

– Ozginasi qoldi...

– Ertaga darsga borasanmi?

– Albatta, o‘rtoq muallim, meni kechiring, qiziqib ketibman.

– Darsdan keyin o‘qisang bo‘lmaydimi? Ha, mayli, – dedida, chiqib ketdi.

Men kitob o‘qiganim sari uning dunyosiga kirib ketgim kelardi. Hamma Boysunning tog‘i-yu tabiatini maqtaydi. Men uchun Boysun ning hayoti esa go‘yo to‘pori, kitob dunyosiga o‘xshamas edi. Men nimagaki erishgan bo‘lsam, nimaiki topgan bo‘lsam, yo‘qotgan bo‘lsam, hamma sini kitobdan deb bilaman. Yo‘qotganim tufayli kitobga band bo‘lib, bolalar bilan ko‘chada chopib o‘ynamadim. Yana bir eslaganim, bolalikdan muzqaymoq yeyishga havas qilganmiz. Avvaliga Boysunda birbir muzqaymoq sotardi. Borib, muzqaymoq yeb kelar edik. Keyin yo‘q bo‘lib ketdi. Nimaga sotmayotganini so‘rasak, «Ariqdan muzdek suv oqyapti, muzqaymoqni nima qilasan?», deyishardi. Agar Boysunda tashqarida muzqaymoq sotsa, qani, ketdik, deya do‘stlar bilan birgalashib ketardik.

Boysundan boshqa joyda hayot zo‘r, deb o‘ylardim. Endi bilsam, bu fikrim xato ekan. Haqiqiy hayot Boy sunda ekan! O‘n olti yoshimda ilk bor Tosh kentga keldim. Do‘mbiroboddagi internatda bir hafta turganman. Bilsam, O‘tkir Hoshimovning uyi ham o‘sha yerda ekan. Toshkentdan chiqib ketganimdan keyin, o‘n kun o‘tib, yer qimirladi. Qaytib kelayotganimda, «Samarqandga bor, Toshkentda yer qimirlayapti», deyishsa ham, «Yo‘q, nima bo‘lsa ham Toshkentga boraman», deganman. Shu gaplarga bu yil roppa-rosa 60 yil to‘lyapti. Gazeta bilan birga ertadan kechgacha tinmay gapiradigan radio ham bor edi. Unda turli olamshumul voqealar, yangiliklarni tinglardik. Ayniqsa, katta okeanda dengizchilarning 49 kun jon saqlab qolgani. Bu haqda «Okeanda 49 kun» degan asarlar ham yozilib, kitob o‘qishga qiziqmaydiganlarni ham mutolaa qilishga majbur qilgan. O‘n sakkiz yoshimda maktabda bo‘lgan voqea va hodisalar haqida «Kechirasiz, o‘rtoq muallim», degan qissa yozgan edim. Unda o‘quvchilarning biroz shartakiligi, to‘g‘riso‘zligi xususida bayon etilgan edi. Shu qissamni hamqishloq ustozim «Sharq yulduzi» jurnaliga yuborgan. Ammo u «Sho‘ro pedagogikasiga mos kelmaydi», deya qaytarib yuborildi. Shu bilan qissaning qo‘lyozmasini sandiqqa solib qo‘ydim. Oradan vaqt o‘tib, mustaqillik yillari bizga bolalar uchun asarlar yozishni tavsiya qilishdi. Hayotimda bolalarga atab asar yozmaganman. Shunda o‘sha asar esimga kelib qoldi va «Kechirasiz, o‘rtoq muallim» qissamni chop etish niyatida yubordim. Keyin vaqt o‘tib, «Tong yulduzi»ning taxlam sonlarini olib kelishdi. Surishtirsam, yozuvchi Nabijon Boqiyning tavsiyasi bilan o‘sha paytdagi Bosh muharrir Umida Abduazimova shu asarimni sonma-son chop ettirgan ekan.

Hayotiy xulosalar… Bilasizmi, Hazrat Tolstoydek avliyosifat zot ham ko‘z yumar chog‘i «Bu dunyoning tagiga yetolmadim-a» qabilida «Ne ponyal», deya armon bilan o‘tgan ekan. Odam qanchalik avomfahm bo‘lsa, hayot haqidagi fikr-tasavvurlari shu qadar aniq, ya’ni jo‘n, sayoz bo‘ladi. Ehtimol, kaminaning qarashlari ham shu toifadandir. Inchunun, uning bugungi xulosalari deysizmi, hayotiy tutumlari deysizmi, bunday: o‘zingga, faqat o‘zingga ishon, o‘zingga suyangil, boshqasi bekor! Boshingga kelgan balonida o‘zingdan ko‘r, mard bo‘l! Qolgani – Yaratgan egamning qalamiga bog‘liq.

Ijodkorlik – mas’uliyat, sizni har kun o‘ylanti radi, qiynaydi. Lekin ijodingiz o‘z o‘quvchilarini topsa, albatta, e’tirof etilasiz. Barchangizga Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Feruza SOYIBJON qizi va Ziyodulla HAMIDULLAYEV suhbatlashdi.

Tong yulduzi gazetasining 2026-yil, 35-soni