Ko'rgazmada xayot aksi

Toshkent fotosuratlar uyida Samarqandlik yosh rassom O'zbekiston badiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi Ramiz Xo'jayevning 2023-2026-yillarda yaratilgan ko'rgazmasi ochildi. Unda ayollar siymosi, hayvonlar, tushlar, fantastik mavjudodlar tasvirida, rassomning bolalik xotiralari, kundalik hayotidagi kuzatuvlari va bugungi kechinmalari asosida yaratilgan ijod namunalarida uyg'unlikni ko'ramiz. Ekspozitsiyada yaratilgan ijoddan namunalar: "Bahor", "Mehr", "Ona", "Tiz cho'kkan g'uru", "Kelmasa bolam", "Navbat", "Duo", "Ikki daraxt", "Bizning sigir", "Kelinchak", "O'lkalardagi tong", "Portret konstitutsiyasi" asarlari tomoshabinlarni mulohazalarga chorlaydi. Meni deydi R. Xo'jayev hayotining o'zi ilhomlantiradi: odamlar, voqealar, turmush tarzimiz, men musiqa tinglayman, sheriyatga qiziqaman, kitob o'qiyman. Kartinalarimdagi obrazlar asosan shaxsiy tajribamdan-bolaligimdan xayotimdagi voqealardan va ayni paytda his qilayotgan tuyg'ularimdan keladi.

Ko'rgazma "Yovvoyi raqslar" deb nomlangan yovvoyi so'zi rangtasvirdagi erkinlik va ichki kuchni anglatadi.

Hasan Abdunazarov