Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Xo‘jaabdujabbor” QFYda istiqomat qiluvchi Berdirahmat ota Bekmurov Umra amallarini bajarib qaytdi. Qishloqqa kelgach, hududdagi 30-umumta’lim maktabiga 100 dona eng sara o‘zbek va jahon adabiyoti namunalaridan tashkil topgan badiiy adabiyotlar hamda boshlang‘ich sinflarga mo‘ljallangan bir-biridan qiziqarli ertak kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi. Kutubxonachi opa qabul qilib olgan kitoblar maktab o‘quvchilarining ma’naviyati yuksalishi muhim ahamiyat kasb etishi, shubhasiz!


Sherzod ULASHЕV,
O‘zDJTU talabasi