Ta'lim mazmuni transformatsiyasi: Takomillashtirilgan milliy o‘quv dasturi taqdimoti
Bugun O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi takomillashtirilgan milliy o'quv dasturini rasman taqdim etdi. Bu dastur UNICEF hamda Cambridge University Press Assessment ko'magida takomillashtirildi.
Bu dasturda barcha o'quvchilar uchun o'quv maqsadlari aniq belgilangan bo'lib, bu maqsadlar xalqaro miqyosdagi yurqori ta'lim natijalariga ega bo'lgan ta'lim tizimlarining standartlari bilan uyg'unlashtirilgan. Bu islohotlarning asosiy maqsadi, boshlang'ich, tayanch o'rta va yuqori o'rta talim bosqichlarida o'quvchilarning ta'lim natijalarini izchil oshirish va xalqaro miqyosda tan olingan Chuqurlashtirilgan dastur(A level) standartlariga qiyoslanadigan darajaga erishish uchun zarur bo'lgan ta'lim yo'nalishlarini shakllantirishdan iborat.
Yangi o'quv dasturi doirasida 260 dan ortiq ishchi uchrashuv va maslahatlashuvlar o'tkazildi hamda yangi o'quv dasturi ikki yil davomida 147 nafar milliy va 30 nafar xalqaro mutaxassis ishtirokida ishlab chiqildi.
Uchrashuv davomida har bir tashkilot vakillari dastur haqidagi o'z iqtiboslarini keltirib o'tishdi.
