Nukus shahrida o‘tkazilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasining amaliy sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni vaqtda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan eng iqtidorli yosh kimyogarlar o‘zlarining tajriba o‘tkazish mahorati, tahliliy fikrlash hamda amaliy ko‘nikmalarini namoyon etmoqda.

Mazkur bosqich ishtirokchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, murakkab laboratoriya topshiriqlarini aniqlik va puxtalik bilan bajarish salohiyatini baholashga xizmat qiladi.

Sherzod Yunusjonov,

O‘ZDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

1/6