Tasvirlarda o'zbek hovlisi
O'zbekiston badiiy akademiyasining markaziy ko'rgazmalar zalida rassom Abdumannon Yunusov (1946-2012-y) tavalludining 80 yilligiga bag'ishlangan yubiley ko'rgazmasi tashkil etildi. Unda rangtasvir yo'nalishidagi tasvirlangan milliy o'zbek hovlilari, ko'chalari shuningdek Abdumannon Yunusov ijod namunalari to'g'risidagi tahliliy maqolalar, fikrlar aks etgan jurnal va kitoblar namoyish qilindi.
Ekspozitsiyada o'rin olgan ijodkorning "Yozgi hovli", "Samarqand darvoza", "Erta bahor", "Quyoshli ko'cha", "Bizning hovli", "Bizning ko'cha", "Qishda hovli", "Tog' manzarasi", "Hovlida Oqshom", "Oqshom","Eski ko'chalar", "Oila ayvonda" va boshqa qator ijod namunalari muallifning asarlarni mehr bilan chizganligini ko'rishimiz mumkin.
Rassom P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida Toshkent teatr va rassomlik sanati institutida o'qigan.
Hasan Abdunazarov



