Qushlar tabiatning muhim va ajralmas qismi sanaladi. Ularning hayotdagi ahamiyati haqida ajoyib ma’lumotlar barchamiz uchun birdek qiziqarlidir.

Eng qichik jonivorlar ro‘yxatiga kiritilgan kolibri qushi har 10 daqiqada ovqatlanadi. Qiziqarli jihati, u kun bo‘yi o‘z vaznidan ikki baravar ortiq nektar yeydi. Qush jussasi kichik bo‘lishiga qaramay, orqaga ucha oladigan dunyoda yagona jonivordir.

Inson tanasining o‘rtacha harorati 36,6 gradus ekanligini yaxshi bilasiz. Qushlarda esa, bu ko‘rsatgich 8 gradusga yuqori ekan. Ularda ter bezlari yo‘qligi bois, qushlarning olgan nafasining 3/4 qismi tanasini sovutishga ketadi.

Qushlar havoda bemalol parvoz qilishi sirini bilasizmi? Buning sababi, qush tanasining 1/5 qismini egallagan havo qopchalari tufayli bemalol parvoz qiladi. Havo qopchalari hatto pingvin va tuyaqushlarda ham bor ekan.

Qanotsiz qush haqida hech eshitganmisiz? Dunyoda yagona qanotsiz qush – kivi deb nomlanib, Yangi Zelandiyada yashaydi. Shuningdek, uning dumi ham yo‘q, patlari esa junga o‘xshaydi. Mazkur qushni sut emizuvchilarga xos deyishga aslo shoshilmang. Chunki qushning tumshug‘i bo‘lib, ichki a’zolari tuzilishi aynan qushlarniki kabidir.

Qushlar uchburchak shaklini hosil qilib uchishlari sabbi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Sababi, juda oddiy – uzoq uchishlarni yengillashtirish uchun ekan. Har bir qush to‘g‘ri qo‘shnisi ortidan uchadi va uning qanotlari hosil qilgan havo oqimi ichida bo‘ladi. Bu energiya saqlashga yordam beradi. Eng katta mas’uliyat yetakchida bo‘lib, qushlarning orasidagi eng kuchli va chidamlisi yetakchi bo‘lishi mumkin.

Mirjalol DONIYOROV,

O‘zDJTU talabasi