IQ DARAJASI ENG BALAND QIZ
IQ test – inson ongi darajasini aniqlashning eng to‘g‘ri yo‘li. Lekin mazkur sinovda yuqori ball olish juda qiyin. 2016 yilda Buyuk Britaniyalik 11 yoshli o‘quvchi qiz Kashmea Vahi bu testni ajoyib natijalar bilan-162 ball bilan topshirdi. Bundan xulosa qilish mumkinki, bu qizcha Albert Eynshteyn va Stiven Hoking kabi buyuk olimlardek juda aqlli. Shu sababli Kashmea Vahi ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Dunyo bo‘yicha eng ko‘p Universitet ta’limi diplomiga ega bo‘lgan odam Lutsiano Bayetti 70 yoshda, nafaqaxo‘r, Rim yaqinida istiqomat qiladi, universitetning bakalavr va magistratura darajalarini bitirganligi haqidagi 15 ta diplomga ega. Lutsiano birinchi bor 2002 yilda o‘zining sakkizinchi diplomini qo‘lga kiritganida Ginnes rekordlari kitobiga kirgan edi.
Everestni zabt etgan dunyoning eng yosh rekordchisi
2010 yilda u Ginnes rekordlari kitobiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Romero 13 yoshida dunyoning eng baland cho‘qqisi-Everest tog‘ini zabt etdi. U o‘zining «Yetti cho‘qqi» orzusini ro‘yobga chiqarish uchun Jamolungma (dunyoning eng baland tog‘ining yana bir nomlanishi) tog‘iga chiqadi.
Uning rejasi dunyoning eng baland cho‘qqilarini zabt etishdan iborat edi. Yosh yigit o‘zining oxirgi maqsadini 2011 yilning dekabr oyida Antarktidadagi Vinson cho‘qqisini zabt etish bilan yakunladi. Shuning uchun ham Jordan 15 yoshida dunyoning eng baland 7 cho‘qqisini zabt etgan eng yosh rekordchi sifatida tan olindi. Bu ishni u 5 oy va 12 kunda amalga oshirgan.
Legodan avtomobil yasagan odam
Natan Savayya to‘liq LEGO konstruktori detallaridan qurgan «betmobil»i tufayli Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Prototip yaratilishiga uch oy vaqt va 500 ming LEGO detali ketgan. «Betmobil» uzunasiga - 5,5 metr bo‘lib, 68 kilogrammdan ortiq og‘irlikka ega.
Bir kunda 9 ta davlatga sayohat
Latviyalik Krišjanis Ratiniks bir kunda to‘qqizta Yevropa davlatini velosipedda aylanib o‘tib, velosipedda 24 soat ichida eng ko‘p tashrif buyurgan mamlakatlar rekordini yangiladi. Sakkizta davlatning avvalgi rekordi so‘nggi ikki yil ichida alohida harakat qilgan uchta shaxsga tegishli edi. 39 yoshli Krišjanis o‘zi uchun rekord o‘rnatish uchun 715,8 km masofani juda kam to‘xtash bilan bosib o‘tdi. U sayohatini Italiyaning shimoliy chegarasi yaqinida boshladi, keyin Shveytsariya, Lixtenshteyn, Avstriya, Germaniya, Fransiya, Luksemburg, Belgiya bo‘ylab velosipedda sayohat qildi va nihoyat, to‘rt daqiqa bo‘sh vaqt qoldirib, to‘qqizinchi chegaradan Niderlandiyaga o‘tdi.
Dunyodagi eng bo‘yi uzun odam
Turkiyalik Sulton Kosen, dunyodagi eng uzun bo‘yli odam uning bo‘yi 251sm ga teng, u 1982 yil 10 dekabrda tug‘ilgan.
Sulton birinchi marta 2009 yilning fevralida 246.5 sm bo‘y bilan rekordlar kitobiga kirgan edi undan keyin esa 2011 yilda 251 sm bilan yangi rekordini qayd etgan.
3 soniyada kubik-rubikni yecha oladigan yagona odam
O‘tgan yili eng tez vaqtda (3,13 soniya) standart 3x3x3 kubni yechgan Maks Park endi 7x7x7 aylanuvchi jumboq kubini yechish bo‘yicha eng tez o‘rtacha vaqt bo‘yicha o‘zining rekordlaridan birini yangiladi. Maks uchta hal qilish bosqichidan keyin o‘rtacha 1 daqiqa 41,78 soniya vaqtni qayd etdi va oldingi rekordidan 34 soniyaga qisqardi. U 27 yanvar kuni AQSHning Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tgan University Heights Cubing Winter 2024 tadbirining finalida rekord o‘rnatdi. 7x7x7 kubda taxminan 232 duokinquagintillion mumkin bo‘lgan kombinatsiyalar mavjud, bu kuzatilishi mumkin bo‘lgan koinotdagi atomlar sonidan ko‘proqdir.
Maks, shuningdek, 1 daqiqa 35,68 soniya vaqt bilan 7x7x7 kub bo‘yicha bitta yechish rekordiga ega. U buni 1 daqiqa 40 soniya ichida bajargan yagona odam bo‘lib qolmoqda.
Sanjarbek XOLJONOV,
O‘ZDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi




